“Yashil makon” loyihasida barcha tashkilotlar faol
Ekologiya va aholi salomatligi eng dolzarb masalaga aylanib borayotgan hozirgi sharoitda atrofni yashillikka burkash eng maqbul yo‘l. Bu borada mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi dolzarb ahamiyatga ega.
“Yashil makon” g‘oyasi ekologik tashabbus bo‘libgina qolmay, ota bobolarimizdan meros udumlar, yuksak insoniylik, tabiat bilan oshnolik va ma’naviy qadriyatlarimiz bilan ham uyg‘un va hamohangdir.

“Yashil makon” loyihasi natijasida qisqa davrda respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga oshdi. Endi 2030-yilga qadar mamlakatimizda umumiy yashillik darajasini 30 foizga yetkazish maqsadi ko‘zlangan.
Shu maqsad yo‘lida barcha tashkilot va idoralar, muassasalar, jamoatchilik vakillari yerga ko‘chat qadab, yashillikka hissa qo‘shish ilinjida harakat qilishmoqda.

Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan ham ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Unda partiya yetakchisi va Markaziy kengash xodimlari partiya hududidagi bo‘sh maydonlarga ezgu maqsad bilan ko‘chat ekdi.
Xalqimizga xos bag‘rikenglik va hamjihatlik bilan o‘tkazib kelinayotgan mazkur loyihada partiyaning barcha tashkilotlari va deputatlari faol ishtirok etib kelmoqda.
M.Komilova, O‘zA