Yarador turna muhofazaga olindi
Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumani Chaqar mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Javohir Qayumov daryo boʻyidan yarador holda topilgan turnaning hayotini saqlab qolgan.
Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumani Chaqar mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Javohir Qayumov daryo boʻyidan yarador holda topilgan turnaning hayotini saqlab qolgan.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, J.Qayumov oʻzining chorva mollarini Gʻuzor daryosi atrofidan haydab kelayotgan vaqtida turnani oyogʻi singan holda topib olgan va uyiga olib kelib, birinchi yordam sifatida oyogʻini bogʻlab qoʻygan va tegishli joyga xabar qilgan.
Hozirda ushbu turna viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Gʻuzor tumani nazorat inspeksiyasi inspektorlari nazoratida. Turnani sogʻayib ketgach tegishli tartibda kerakli joyga joylashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, turnalar yirik, oyoqlari va boʻyni uzun, qanotlari nisbatan keng qushdir. Suvoldi yoki oʻta nam ekosestimalarda yashaydi. Mavsumiy migratsiya davrida qishlash joylariga gala-gala boʻlib oʻchib ketadi. Mamlakatimizda uning oq, kulrang va kichik turna deb nomlanadigan turlari uchib oʻtish davrida uchraydi. Respublikamizning janubiy viloyatlarida kulrang turnaning baʼzan qishlab qolishi haqida ham maʼlumotlar bor. Ularning ichida oq turna Oʻzbekiston qizil kitobiga kiritilgan.