Yangi Zelandiyada osmonida sirli jism
Yangi Zelandiya aholisi gʻaroyib hodisaga guvoh boʻldi.
Yangi Zelandiya aholisi gʻaroyib hodisaga guvoh boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ana shu hodisa aks etgan video va fotolar eʼlon qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, 5 yanvar kuni kechki vaqt mamlakatning Koromandel yarimorolida mazkur sirli hodisa yuz bergan. Osmondan alangali shar uchib oʻtadi. Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda qayd etishicha, oʻzidan kometaning dumi singari iz qoldirgan jism bora-bora boʻlaklarga ajralib, butunlay yoʻq boʻlib ketgan.
Taxminlarga koʻra, Yangi Zelandiya osmonidagi sirli jism meteorit yoki sunʼiy yoʻldoshning maʼlum qismi boʻlishi mumkin.