Yangi yil Buxoroda kutib olindi
Yangi yil dunyo xalqlarining eng sevimli bayramlaridan bo‘lib, uni barcha birday o‘zgacha shukuh va quvonch bilan qarshi oladi. Mazkur bayramni munosib nishonlash maqsadida sayohat qilish ayni muddaodir.
Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar ko‘hna va qadimiy kentning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish bilan birgalikda, shahar ko‘chalardagi bayramona dekoratsiyalar, yangi yil musiqalari va Qorbobo va Qorqiz tomoshalari ularning yuzlariga tabassum va xush kayfiyat bag‘ishlamoqda.

– Yangi yil o‘zi bilan yangi marralarni olib keluvchi bayram. 2025 yilni Buxoroda kutib olishni niyat qilgandim va bugun niyatimga yetganimdan xursandman. Barchaga Yangil yil bayrami muborak bo‘lsin, – deydi xorijiy sayyohlardan biri.


Ma’lumot uchun, yangi yil bayrami munosabati bilan sayyohlar uchun 2025 yil 10 yanvarga qadar Buxoro viloyatidagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 5 foizdan 40 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar taqdim etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, viloyatda turizm sohasining rivojlanishiga hamda sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri