Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotiga investorlarning qo‘shilayotgan hissasi doim qadrli
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy investorlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglangach, davlatimiz rahbari muloqot g‘oyat mazmunli va foydali bo‘lganini ta’kidladi.
– Ayniqsa, amaliy natijaga yo‘naltirilgan takliflaringizdan juda xursand bo‘ldim.
Chin hamkorlarimizning barcha tashabbuslari xalqimiz farovonligi va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yangi O‘zbekistonda ochiq, barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishga qo‘shayotgan hissangiz biz uchun doim qadrli.
Bu kabi muloqotlarimiz qancha ko‘p bo‘lsa, ishimiz shuncha oldinga ketadi.
Barchangizga kengashimizda ishtirok etganingiz uchun samimiy rahmat aytmoqchiman. Fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog‘liq, professional faoliyatingiz va shaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
O‘zA