Yangi Oʻzbekiston bayram muborak
Bugun taraqqiyot beshigi oʻzing, Mustaqil Vatanim-jon Oʻzbekiston.
Bugun taraqqiyot beshigi oʻzing,
Mustaqil Vatanim-jon Oʻzbekiston.
Buyuk ajdodlarga munosib avlod,
Bagʻringda kamolga yetmoqda shodon.
Xalqparvar Yurtboshim zakosi ila,
Baxtli yashamoqning muddati aniq.
Bugun xalq koʻzida quvonch va ishonch,
Jasur oʻgʻlonlaring qalblari yoniq.
Kel doʻstim, belingni bogʻlagin mahkam,
Bir gʻisht qoʻy, hissa qoʻsh, bunyodkorlikka.
Islohot zavqidan boʻlib bahramand,
Bir bor safar qilgin yangi Moʻynoqqa.
Sarhadlaring osha doʻst-yorlar kelar,
Milliy yuksalishdan hayratda yurak.
Olgʻa bos, eng yuksak marralar tomon,
Yangi Oʻzbekiston bayram muborak!
Nurbek SALOM