Yangi metro bekatlari sinovdan o‘tkazilmoqda (+video)
Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan 2 ta yangi metro bekatlarda (“Turon” va “Qipchoq”) qurilish ishlari o‘z yakuniga yetkazildi.
Shu munosabat bilan “Turon” (13 bekat) va “Qipchoq” (14 bekat) bekatlarida joriy yilning 15 dekabr kunidan boshlab sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining Yer usti halqa aylanma yo‘li jami 37 ta bekatni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan. Shu vaqtga qadar “Do‘stlik 2” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 12 ta bekat foydalanishga topshirilgan edi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BG2SNj_TgXo" title="Yangi metro bekatlari sinovdan oʻtkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sardorbek Poyonov, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA.