Yangi massivning tartibsiz chiqindixonalari
Fototanqid
Samarqand shahrida osmono‘par turar joylarga ega Qorasuv massivi M-37 xalqaro avtomagistral bo‘yida joylashgan bo‘lib, o‘tgan-qaytgan har qanday yo‘lovchining e’tiborini tortadi. Millionlik shaharga aylanayotgan boqiy kentning bir qismiga aylangan ushbu massivda aholi g‘oyatda gavjum. Tabiiyki, aholi gavjum joyda birlamchi muammo sifatida maishiy chiqindilar masalasi o‘rtaga chiqadi. Afsuski, yangi massivdagi chiqindixonalardan kishi ta’bi xira tortadi.
[gallery-15711]
Massivda chiqindi qutilari qo‘yilganiga qaramay, piyodalar yo‘laklari ham chiqindilar bilan to‘lib-toshgan. Shu sabab piyodalar transport vositalari qatnov qismiga yoki ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar, umuman, o‘zlariga qulay joydan yurishga majbur bo‘lmoqdalar. Ayniqsa, hududdagi hozircha eng katta sig‘imga ega 81-umumta’lim maktabiga borish yo‘lagida joylashgan chiqindixona aholiga, xususan, maktab o‘quvchilariga noqulaylik tug‘dirmoqda. Ushbu yo‘lning faqatgina bir tomonida piyodalar yo‘lagi mavjud. U ham chiqindixona bilan to‘silgan. Oqibat o‘zingizga ayon...
Ko‘rib turganingizdek, Qorasuv massividagi chiqindixonalar va chiqindi qutilari achinarli holatga kelib qolgan. Xo‘sh, bu masalada hududdagi soha mas’ullarning fikri qanday?
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA