Yangi loyiha ishga tushdi
Texnik iqtisodiy asoslarga koʻra, mazkur loyiha ishga tushirilishi mehnat samaradorligini yanada oshiradi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Qalmoqqir, Sariq-choʻqqi, STTB, ATB, MBF ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya dasturi doirasidagi birinchi inshooti foydalanishga topshirildi.
Signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka qurilmalari qurilishi boʻyicha loyiha “AEROLOYIHA” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan.
Qurilish jarayonida kombinat temiryoʻlchilarining ishchi kuchlari bilan 7,9 kilometr temir yullar yotqizildi. 9 ta komplekt yoʻl oʻtkazgichi qoʻyildi, SMB va aloqa liniyalari boʻylab jami 45,35 kilometrdan ziyod kabel montaj ishlari amalga oshirildi.

Texnik iqtisodiy asoslarga koʻra, mazkur loyiha ishga tushirilishi mehnat samaradorligini yanada oshiradi. Qalmoqqir kon boshqarmasidan rudalarni tashish koʻrsatkichlari esa loyihada belgilangan yiliga 30 million tonna oʻrniga 35 million tonnaga yetadi.
Ushbu yangi muhim temiryoʻl inshootining tantanali ochilish marosimida soha xodimlari va “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining bir guruh ishchilari ishtirok etdi. Qurilish jarayonida ishtirok etganlarga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.