Yangi Kaledoniya Fransiya tarkibida qoladigan bo‘ldi
Fransiyaning Yangi Kaledoniya hududida o‘tkazilgan referendumda mustaqillikka qarshi ovoz berildi.
Fransiya rasmiylari tomonidan e’lon qilingan referendum natijalariga ko‘ra, mustaqillik uchun “yo‘q” deya 96,5 foiz ovoz yig‘ilgan.
— Kaledoniyaliklar Fransiya tarkibida qolishga qaror qildi, — dedi Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron televideniye orqali qilgan chiqishida. — Ular buni o‘zlari xohladi.
— Bu referendum biz uchun uchinchi qonuniy referendum emas, buni tan olmaymiz, — deydi mustaqillik tarafdori yetakchisi Roh Vamitan. — Biz faqat 2018 va 2020 yillardagi referendumni tan olamiz. — Bu referendum bizniki emas, Fransiyaning referendumidir, — dedi u “Franceinfo” radiosi efirida.
Tahlilchilar fikriga ko‘ra, referendum natijasi mustaqillik tarafdorlarini g‘azablantirib, beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin.
Ulug‘bek Mahmirzayev