Yangi bino o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 300 o‘rinli qo‘shimcha yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida 5 milliard 251 million so‘m mablag‘ evaziga maktabda qo‘shimcha bino qurish bilan birga, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.
[gallery-20807]
Sektorlar rahbarlari, tizim vakillari, nuroniylar, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullari va jamoatchilik ishtirokida yangi bino o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.
Tantanali marosimdan so‘ng “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab hovlisiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA