Yangi bilim va könikmalar sari taşlangan qadamlar
Nogironligi sababli doimiy parvariş va ijtimoiy kömakka ehtiyoj sezadigan insonlar uçun ğamxörlik hayot sifatini yaxşilaş, jamiyatga moslaşiş va öz imkoniyatlarini namoyon etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toşkent viloyati hududlarida faoliyat yuritayotgan “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turiş xizmatlari ham ana şu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Mazkur maskanlarda nogironligi bölgan şaxslarga kun davomida parvariş körsatiş bilan birga, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş va mustaqil hayot könikmalarini şakllantirişga kömaklaşilmoqda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi tegişli qarori asosida ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar uçun taşkil etilayotgan uşbu xizmat davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilmoqda.
Uning asosiy maqsadi kunduzgi vaqtda sifatli parvarişni taşkil etiş, xizmat oluvçilarning ijtimoiy hayotga moslaşuviga kömaklaşiş, mavjud imkoniyatlarini rivojlantiriş hamda reabilitatsiya tadbirlarini amalga oşirişdan iborat. Xizmatni yölga qöyiş doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi hamda tadbirkor örtasida tegişli bitim imzolangan. Ayni paytda uşbu taşabbus viloyatning Oqqörğon tumanida ham amaliyotga tatbiq etilgan. Jumladan, “MUYASSAR ONA” MÇJ tomonidan taşkil etilgan maskanda 12 nafar nogironligi bölgan şaxsga xizmat körsatilmoqda.

Bu yerda xizmat oluvçilar uçun kun davomida xavfsiz, qulay va samimiy muhit yaratilgan bölib, ularning salomatligi va şaxsiy ehtiyojlarini inobatga oliş bilan bir qatorda, psixologik hamda jismoniy imkoniyatlarini tiklaş va rivojlantirişga qaratilgan maşğulotlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, xizmat doirasida mustaqil hayot könikmalarini şakllantiriş, muloqot qobiliyatini rivojlantiriş, ijtimoiy muhitga moslaşiş va jamiyat hayotida faol iştirok etişga kömaklaşiş közda tutilgan.
Eʼtiborlisi, “Yangi kun” xizmatining ahamiyati faqat parvariş va reabilitatsiya bilan çeklanmaydi. Bunday maskanlar nogironligi bölgan şaxslarning jamiyatdan ajralib qolmasligi, tengdoşlari bilan muloqot qilişi, yangi bilim va könikmalarni özlaştirişi, öz imkoniyatlarini namoyon etişi uçun ham muhim ijtimoiy muhit vazifasini ötaydi.

Mazkur xizmat ularning oila aʼzolari uçun ham katta kömakdir. Çunki yaqinlari kunduzgi vaqtda işonçli parvariş taşkil etilganini bilgan holda öz mehnat faoliyati va kundalik yumuşlariga vaqt ajratiş imkoniga ega böladi. Bu esa oilalarning ijtimoiy yukini yengillaştiriş, ularni qöllab-quvvatlaşda muhim örin tutadi.
Darhaqiqat, “Yangi kun” nomi zamirida ham çuqur maʼno mujassam. Bu maskanga kelayotgan har bir inson uçun u yangi muloqot, yangi bilim va könikmalar, eng muhimi, öz imkoniyatlarini kaşf etiş sari taşlangan qadamdir.
A.Musayev,ÖzA