Yadroviy qurollar insoniyatga hamon tahdid solmoqda
Dunyo hamon yadro quroli orqali yo‘q qilinishiga yaqin turibdi, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.
Uning ta’kidlashicha, sayoramizda 14 mingta yadro quroli saqlanmoqda. Bosh kotib halokatning oldini olish uchun ushbu masalani konstruktiv hal qilishga chaqirdi.
"Yadro urushi bulutini butunlay tarqatib yuborish, sayyoramizni yadro qurolidan xalos qilish hamda ishonch va tinchlik davrini qaror toptirish vaqti keldi", — deb yozdi Guterresh ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.
26 sentyabr kuni butun dunyoda yadro qurolini tamoman yo‘q qilish Xalqaro kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh assambleyasi tomonidan 2013 yil 5 dekabrda ta’sis etilgan bo‘lib, aholining yadro qurollar vujudga keltirayotgan xavf haqida xabardorligini oshirish hamda undan butunlay xalos bo‘lishga chaqiradi.