XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan O‘zbekistonga keldi
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Bugun, 17-oktabr kuni “Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shu yerning o‘zida Xitoy Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi tashkil etildi.



Tashrif dasturidan oliy va yuqori darajada muzokaralar o‘tkazish, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash hamda yurtimizning boy tarixiga oid ilmiy, madaniy merosi bilan tanishish o‘rin olgan.



Abdulaziz RUSTAMOV,Otabek MIRSOATOV(surat), UzA