Afg‘oniston tijorat va san’at vazirligi mas’ul xodimi: “Afg‘on o‘g‘il-qizlari uchun birorta mamlakatda O‘zbekistondagi kabi muhtasham maxsus ta’lim muassasasi yo‘q”
Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston Islom Respublikasi bo‘yicha maxsus vakili I.Ergashev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisod va inson resurslari bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar, afg‘onistonlik talaba Rana Sherjod va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston qo‘shni davlatdagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish, tinchlikni ta’minlash, barqarorlikni tiklash, iqtisodiyot, ta’lim, fan, madaniyat va boshqa sohalarni rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, afg‘on xalqining o‘z taqdirini mustaqil, tinch yo‘l bilan hal qilishiga erishish masalasini xalqaro miqyosda ko‘targani buning yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston ko‘magi bilan qo‘shni davlatda yuqori voltli elektr energiyasi va optik tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i, ko‘priklar barpo etilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Xayratondan Mozori Sharifgacha temir yo‘l liniyasi qurgan. Mamlakatimiz qo‘shni davlatda tog‘-kon sanoati, qurilish, energetika, ta’lim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotir. Yurtimizdan qo‘shni davlatga oziq-ovqat va neft mahsulotlari, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar, transport vositalari eksport qilinmoqda. O‘tgan yili Termizda foydalanishga topshirilgan “Termiz kargo” eksport markazi ham mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari bilan afg‘onistonlik ishbilarmonlarning hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga keng imkoniyat yaratdi.

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining 2017-yil dekabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida 20 dan ortiq hujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etish bo‘yicha bitim imzolangan edi. Shunga muvofiq, qisqa vaqtda mazkur markaz uchun ajratilgan bino tubdan rekonstruksiya qilinib, jahon andozalariga mos jihozlandi.

– Bugun nafaqat biz, yoshlar, balki butun Afg‘oniston xalqi uchun tarixiy kun bo‘ldi, – dedi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar. – Davlatlarimiz rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari xalqlarimiz o‘rtasida ma’lum muddat uzilib qolgan an’analarni qayta tikladi. Bobom bundan 110 yil ilgari Buxoroda madrasada tahsil olgan. Bugun bu maskanning tantanali ochilishi Amir Temur, Alisher Navoiy, Beruniy singari ko‘plab ulug‘ zotlarning ruhini shod etdi. Afg‘onistonda 7 millionga yaqin o‘zbek millatiga mansub aholi yashaydi. Termizda barpo etilgan ushbu ta’lim muassasasi maktab va bog‘chalarimizdagi o‘zbek tili mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi. Kelgusida temir yo‘l, energetika va boshqa sohalarda ham malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Bunday ulug‘ ishning tashabbuskori bo‘lgan Prezident Shavkat Mirziyoyevdan benihoya minnatdormiz.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining bevosita g‘oyasi asosida barpo etilgan ushbu zamonaviy ta’lim muassasasi Afg‘onistonning iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa sohalari uchun oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
– Xalqimizning "Yon qo‘shning – jon qo‘shning", degan hikmatida chuqur ma’no bor, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori vazifasini bajaruvchi Oybek Ro‘ziyev. – Azaldan yaqin qo‘shni bo‘lib kelgan davlatning o‘g‘il-qizlariga O‘zbekiston ta’lim tizimida qabul qilingan normalar asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv rejasi va dasturlarga muvofiq ikki yillik, to‘rt va olti oylik kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha saboq beriladi. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan talabalarga davlat namunasidagi tegishli hujjat topshiriladi. Buning uchun bu yerda barcha sharoit yaratilgan.
Yangi o‘quv markazida Afg‘oniston tomoni ehtiyojlaridan kelib chiqib, 17 oliy va 16 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarining modullashtirilgan shakli ishlab chiqilgan. Qo‘shni davlatning ilmga chanqoq yoshlariga o‘zlari tanlagan kasb sirlarini chuqur o‘rgatish uchun mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalaridan eng malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari korporativ tarmog‘i orqali “Elektron ta’lim tarmog‘i”ga ulanib, O‘zbekistonning istalgan oliy ta’lim muassasasi yetuk olim va mutaxassislari tomonidan videokonferensiya orqali masofadan turib mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati mavjud.
– Qo‘shni davlat farzandlarining o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zarur bilim olishi va soha sirlarini puxta egallashiga alohida e’tibor qaratamiz, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Mardon Rahmatov. – Darslarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘tishimiz ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlaydi. Joriy o‘quv yilining dastlabki semestri uchun o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars jadvali o‘zbek hamda dari tillarida tayyorlandi.
Ta’lim markazining ilk talabalari o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga qabul qilindi. Ular ikki yil davomida soha bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishadi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqa sohalarimiz qatori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga qaratgan bu e’tiborini yuksak qadrlaymiz, – deydi Afg‘oniston tijorat va san’at vazirligi mas’ul xodimi Musofir Qo‘qondiy. – Afg‘onistonda o‘zbek tili uchinchi davlat tili sanaladi. Biroq, bu tildan saboq beradigan mutaxassislar juda kam. Afg‘onistonning turli hududlaridagi ana shu talabni e’tiborga olib, kelajakda murabbiy bo‘lishni ko‘ngliga tukkan 100 ga yaqin o‘g‘il-qiz ushbu markazda o‘qishga jalb etildi. Ayni paytda dunyoning bir qator davlatlarida minglab afg‘on yoshlari ta’lim olib, kasb o‘rganmoqda. Lekin, afg‘on o‘g‘il-qizlari uchun birorta mamlakatda O‘zbekistondagi kabi muhtasham maxsus ta’lim muassasasi yo‘q. Buning uchun O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Markazning ko‘p qavatli muhtasham o‘quv binosi, 110 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar yotoqxonasi, axborot-resurs markazi, sport zali va sport maydonchalari, oshxona afg‘onistonlik talabalar uchun xizmat qiladi. Binoda kimyo va fizika kabi fanlarni chuqur o‘zlashtirish, temir yo‘l transporti tizimini puxta o‘rganish uchun lingafon xonalari, laboratoriyalar tashkil etilgan. Maishiy, savdo va boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan shoxobchalar mavjud. Axborot-resurs markazi iqtisodiy-texnik va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi fanlar bo‘yicha yetarli o‘quv va yordamchi darsliklar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, O‘zbekistonda ishlangan 50 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlar, audioto‘plamlar disklari bilan to‘ldirilgan. Elektron kutubxona tizimiga lotin alifbosidagi 700 dan ziyod elektron adabiyot joylashtirilgan. Ikkita infokiosk o‘rnatilib, o‘zbek va dari tillaridagi O‘zbekiston ramzlari, madaniy meros, arboblar, iftixorlarimiz, galereya bo‘limlaridan iborat dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
– Men bunday tinch-osuda yurtga o‘z ona tilim bo‘yicha mutaxassis bo‘lib kamolga yetish orzusida kelganimdan faxrlanaman, – deydi Faryob viloyati Maymanak shahridan Jamshid Sherzod. – Bu yurt Amir Temur, Beruniy, Ibn Sino, Bobur kabi buyuk ajdodlarimizni kamolga yetkazgan. Bizni aeroportda tengdoshlarimiz gullar bilan samimiy kutib olganidan juda-juda quvondik. Qadimiy shaharni miriqib tomosha qildik. Ulug‘ bobomiz Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qilib, ma’naviy quvvat oldik. Eksponatga boy Arxeologiya muzeyi bilan tanishib, qadimiy bu yurtning rivojlanish bosqichlari va xalqning turmush tarzi bilan tanishishga muyassar bo‘ldik. Qiziqarli konsert dasturini miriqib tomosha qildik. O‘ynab, kuldik. Bu yerda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, kelgusida shunday ulug‘ ajdodlarga munosib voris bo‘lishga intilamiz.
Darvoqe, avval xabar qilinganidek, 21 yanvar kuni Termiz xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi qaldirg‘ochlarini davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib oldi. Afg‘onistonlik yoshlar bu yerda Termiz davlat universiteti talabalari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari bilan ilk marta uchrashayotgan bo‘lsa-da, guyo eski qadrdonlardek aeroportning o‘zida juda tez til topishdi, do‘stlashib oldi. Ikki davlat o‘g‘il-qizlarining dildan suhbat qurib, fikr almashgani barchada katta taassurot qoldirdi.
– Biz bir daryoning ikki qirg‘og‘ida yashab kelayotgan yaqin qo‘shnilarmiz, – deydi Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan Ruxshona Hakimiy. – O‘zbekistonning biz, afg‘onistonlik yoshlarga ma’rifat ulashish va kasb o‘rgatish borasidagi ezgu qadamlaridan ota-onalarimiz ham g‘oyat xursand. Bizni kuzatishar ekan, O‘zbekistondagi tinchlikning, to‘kinlikning abadiy bo‘lishi va bundan-da rivojlanishini tilab, duo qilishdi. O‘zbekiston haqida ko‘p eshitganmiz. Bugun go‘zal bu yurtning muqaddas tuprog‘iga beg‘ubor orzular bilan qadam qo‘ydik. Tayyoramiz yurtingizga qo‘nishi bilanoq, o‘zbekistonlik o‘g‘il-qizlarning bizni quchoq ochib kutib olganidan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Ular bilan do‘stlashib oldik. Bu yurtdagi tinch va osuda hayotga, tengdoshlarimiz erishayotgan yutuqlarga xavasimiz keldi.
Salobatli markaz ikki davlat yoshlari o‘rtasida mustahkam do‘stlik aloqalarini bog‘lashda yangi sahifa ochdi. Bu surxondaryolik o‘g‘il-qizlarda o‘z yurtidan faxrlanish tuyg‘ularini jo‘shtirdi.
– Bugun afg‘onistonlik qizlar bilan yaqindan tanishdik, dugonalarimiz safi kengaydi, – deydi Termiz tibbiyot kolleji o‘quvchisi Sevara Samadova. – Ularning go‘zal diyorimiz, osoyishta, musaffo osmonimiz haqidagi ilk taassurotlaridan quvondik. Afg‘onistondagi hayot va qizlarning turmush tarzi to‘g‘risida gurunglashdik. Esdalik uchun suratga tushdik. Angor tumanidanman. Dugonalarimga mahallamiz yoshlari va kollejda taxsil olayotgan tengdoshlarim haqida gapirib berdim. Biz, O‘zbekiston yoshlari shunday obod, ozod mamlakatda yashayotganimiz va yon qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik aloqalarimiz yangi bosqichda rivojlanayotganidan faxrlanamiz.
Kelgusida markazni yanada kengaytirish, yozgi oshxona va novvoyxona, hammom va kir yuvish binosini yangidan qurish rejalashtirilgan. 300 o‘rinli qo‘shimcha yotoqxona barpo etish mo‘ljallangan. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi rekonstruksiya qilinib, yangi bino quriladi. Afg‘onistonlik talaba-yoshlarning o‘qishi, kasb o‘rganishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi.
Tantanali tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisod va inson resurslari bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy yangi ta’lim markazining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.