“Xumo” hamda “Toshkent” jamoalari peshqadam!
XOKKЕY. Poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 6-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 6-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Turning birinchi oʻyini “Xumo” hamda “Binokor” jamoalari oʻrtasida boʻldi. Bu uchrashuvda “Binokor” ilk bor raqibi ustidan gʻalaba qozondi: “Xumo” – “Binokor” 2:4. Keyingi oʻyinda muz ustiga “Toshkent” hamda “Semurgʻ” jamoalari xokkeychilari tushdi. Uchrashuv “Semurgʻ”ning toʻla ustunligida oʻtdi. Hisob “Toshkent” – “Semurgʻ” 1:3.
Chempionatda 8 ta ochko toʻplagan “Xumo” hamda “Toshkent” jamoalari peshqadam boʻlib turibdi.
Navbatdagi tur oʻyinlari 27 va 28 fevral kunlari boʻlib oʻtadi.






