Xotin-qizlarga ko‘makchi markaz
Karmana tumanida Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” ish boshladi.
Karmana tumanida Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” ish boshladi.
“Shirin diyor” oilaviy korxonasi qoshida tashkil etilgan markazning ochilish marosimida viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla xotin-qizlari ishtirok etdi. Ular markazda mahorat oshirish uchun yaratilgan sharoit, moddiy-texnik baza hamda qandolatchilik o‘quv kursi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir doirasida markazda ish boshlagan 8 nafar xodimga mehnat daftarchasi topshirildi.


