Xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “COVID-19 pandemiyasidan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tumanlarda tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” o‘z faoliyati davomida o‘nlab xotin-qizlarni bozor talabi yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitib kelmoqda.
Bundan tashqari, loyiha doirasida dars sifatini oshirish maqsadiga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Buxoro va Navoiy viloyatlari Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida “Resine art”, “Milliy hunarmandchilik” yo‘nalishida 20 nafar xotin-qizga mahorat darsi o‘tkazildi. Amaliy dars mashg‘ulotlari yakunida ishtirokchilar “Milliy hunarmandchilik” yo‘nalishida ochilgan tikuv sexi faoliyati bilan tanishdi.
Hamkorlik dasturining asosiy maqsadi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyati samaradorligini oshirib, o‘quv kurslari sifatini yaxshilash, malakasini oshirish orqali COVID-19 pandemiyasi sabab zarar ko‘rgan aholiga ayniqsa, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, uzoq muddat bola parvarishida uyda qolgan ayollar, kam ta’minlangan oila farzandlari uchun Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida amaliy darslar tashkil etish orqali bilim va ko‘nikmasini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash orqali ularning yashash sharoitini yaxshilashdan iborat.
[gallery-6745]
Tohir ISTATOV (surat) O‘zA