Xotin-qizlar jamoalari kuch sinashmoqda
Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Chirchiq shahrida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun xotin-qizlar o‘rtasida “S” ligasi final bellashuvlari o‘tkazilmoqda. 16-21 va 22-26 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur musobaqaning ochilish marosimda Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov jamoalarni qutlab, ularga bellashuvlarda faol ishtirok etishlarida omad tiladi.



Ayni paytda belgilangan yosh toifasidagi jamoalar o‘rtasidagi “S” ligasi bellashuvlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Musobaqalar 29 noyabrga qadar davom etadi.
A.Musayev,O‘zA.