Xorij tillarini o‘qitishda tajriba almashildi
Yurtimizda xorijiy tillarni chuqur o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, o‘qituvchi va yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xorijiy tillarda, ayniqsa, ingliz tilida muloqot qilishda, nutqni tushunish, mutolaa qilish va yozish, nutqiy faoliyat amaliyotida, ixtisoslik mutaxassisligi bo‘yicha yoshlarga sifatli ta’lim berishda akademik litseylarning o‘rni beqiyos.


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyi xorijiy tillar kafedrasi tomonidan "Akademik litseylarda xorijiy tillarni o‘qitish strategiyalari va yangi tendensiyalari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda o‘qituvchilar o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida yangi uslub asosida eshitish, gapirish, yozish, o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamladi. Unda zamonaviy metodlardan foydalangan holda ochiq darslar tashkil etildi.


Shuningdek, xorijlik va o‘zbekistonlik o‘qituvchilar “master-klass” darslarini o‘tkazdi. O‘zaro fikr almashdi.
Faol o‘quvchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri