Xorij tajribasini qo‘llayotgan talabalar
Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti hamda Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar almashinuvini joriy etish va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning mart oyida Turizm va madaniy meros vazirligining bir guruh vakillari Fransiyada bo‘lib qaytishdi.
Hamkorlik natijalariga ko‘ra, Ruan Normandiya universitetidan 3 nafar bitiruvchi talaba Buxoroga keldi hamda Buxoro Turizm va madaniy meros texnkumida amaliyot o‘tash bilan birga, Buxoro viloyatida yaratilishi mo‘ljallanayotgan yangi-yangi xizmatlar diversifikatsiyasi borasida o‘z takliflari bilan ishtirok etishmoqda.

Misol tariqasida, Normandiyada tarixdan ma’lum bo‘lgan vikinglar qishloqchasi mavjud bo‘lib, bu joy hozirda Turizm qishlog‘i sifatida barpo etilmoqda. O‘z o‘rnida Buxoro viloyatining Peshku tumani Afshona qishlog‘ida tashkil qilinayotgan turizm qishlog‘i ham fransuz talabalarining tadqiqot mavzularidan o‘rin olgan. Fransuz talabalari Fransiya tajribasini qo‘llagan holda Turizm qishloqlari bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishmoqda.
Talabalar Buxoro viloyatining turizm kelajagi uchun fransuz sayyohlari nuqtai nazaridan va talablaridan kelib chiqqan holda o‘z takliflarini berishadi.
Buxoro viloyat turizm va madaniy meros
bosh boshqarmasi matbuot xizmati