Xivada “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti – 2026” loyihasi davom etmoqda
Mazkur loyiha Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ilgari surilgan bo‘lib, turkiy davlatlar yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qiladi.
Xiva shahridagi Farovon mehmonxonasida loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Nuru Guliyev hamda Xiva shahri hokimi Temur Davletov so‘zga chiqdi.

Tadbir turkiy davlatlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yoshlarning tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ikki kunlik dastur davomida yosh tadbirkorlar va yosh yetakchilar forumlari, shuningdek, ekologik ta’lim va zamonaviy tahdidlarning oldini olishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etildi.

Yil davomida Xivada loyiha doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar turkiy dunyo yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yoshlarning tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri