Xitoyning ilk sun’iy yo‘ldoshi Marsga chiqdi
Xitoy kosmik fan va texnikalar korporatsiyasi sayyoralararo stansiyasi Mars orbitasiga chiqqanini ma’lum qildi.
“Interfax.ru” bu haqda xabar tarqatgan.
“10 fevralda “Tyanven-1” tadqiqot zondi orbitaga chiqdi va bu bilan Xitoyning Marsga chiqqan ilk sun’iy yo‘ldoshi bo‘ldi”, deyiladi korporatsiya ma’lumotida.
Bu stansiya may oyigacha Marsning qo‘nish uchun qulay joylarini tadqiq qiladi. Xitoy missiyasi bu sayyoraga odamlarning ko‘chirib kelinishi imkoniyatlarini o‘rganadi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Birlashgan arab amirliklarining yozda uchirgan “Al Amal” (“Umid”) yo‘ldoshi Marsga chiqqani aytilgandi.
18 fevralda esa, amerikaliklarning “Perseverance” marsoxodi Qizil sayyoraga yetib borishi lozim.