Xitoyga 10 turdagi quritilgan sabzavot eksporti uchun fitosanitar ruxsat olindi
O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekistondan Xitoyga 10 turdagi quritilgan sabzavotlar eksporti uchun fitosanitar ruxsat olinishiga erishildi, deyiladi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotida.
Sarimsoq piyoz, lavlagi, sabzi, pomidor, rediska, qovoq, baqlajon, qovoqcha (kabachki) va ko‘katlar shular jumlasidan sanaladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni eksport qilish uchun korxonalar Xitoy reyestriga kiritilgan bo‘lishi, mahsulotlar karantin ahamiyatiga ega zararli organizmlardan xoli bo‘lishi kerak. Shuningdek, fitosanitariya sertifikati ham zarur.
A.RUSTAMOV, O‘zA