Xitoydagi Oʻzbekiston yoshlari diqqatiga
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi Oʻzbekiston yoshlariga murojaat bilan chiqdi.
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi Oʻzbekiston yoshlariga murojaat bilan chiqdi.
Maʼlumki, Xitoyning Uxan shahrida “Koronavirusi” tarqalayotgani haqidagi xabarlar keng tarqalmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati Xitoydagi vaziyat elchixonamiz va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonamiz tomonidan nazoratga olingani hamda mazkur yoʻnalishda uzluksiz ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.
Mavjud maʼlumotga koʻra, vaziyat Xitoy mahalliy hukumati vakillari tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoydagi vakili Xusnulla Asadullayev epidemiya markazi boʻlgan Uxan shahrida taʼlim olayotgan yoshlarimiz bilan hozirgi vaqtga qadar doimiy aloqada boʻlib turibdi.
Mazkur holat yuzasidan savollar boʻlsa, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining +99899 345 55 59 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishi mumkin.