Xitoyda “Tibet Airlines” samolyoti yonib ketdi
Xitoyda bortida 122 yo‘lovchi bo‘lgan avialayner uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va yonib ketdi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa Xitoyning Chunsin shahridagi havo bandargohida yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, layner Tibet aviakompaniyasiga tegishli.
Hodisa sabablari hozircha ma’lum qilinmagan. Samolyot yo‘lovchilari evakuatsiya qilingan.
Xabarda ta’kidlanishicha, qurbonlar bor, biroq ularning soni ma’lum qilinmagan.