Xitoy Ukraina inqiroziga befarq emas
Xitoy Ukrainadagi inqirozli vaziyatga “befarq tomoshabin” emas, deydi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan telefon orqali muloqotida.
– Xitoy Ukraina hududida yuz berayotgan har bir voqeani sinchkovlik bilan kuzatib boryapti. Mamlakat inqirozi ishtirokchisi emas, tinchlik va muzokara yo‘li bilan ish ko‘rish tarafdorimiz, – deya ta’kidlagan vazir.
TIV sayti axborot berishicha, Van I Ukraina inqirozidan saboq olish kerakligini aytgan. U, shuningdek, tomonlarni barqaror tinchlikka erishish uchun samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik arxitekturasini yaratishni muhokama qilishga chaqirgan.
O‘zA