Xitoy Lyaonindagi orollarni ijaraga bermoqda
Xitoyda 535 dollar evaziga butun orollar majmuini ijaraga olish taklif qilinmoqda, deb xabar beradi “Travel & Leisure”.
Xitoyda 535 dollar evaziga butun orollar majmuini ijaraga olish taklif qilinmoqda, deb xabar beradi “Travel & Leisure”.
Mamlakatning shimoli-sharqiy provinsiyasi hisoblanuvchi Lyaonindagi 500 dan ortiq orollarni hukumat ijaraga berishga qaror qildi.
Orollarning ayrimlari Shimoliy Koreya bilan chegara hisoblanuvchi Yalu daryosi yaqinida joylashgan.
Haligacha oʻzlashtirilmagan orollar ijarasi bilan bogʻliq eng arzon variant ular uchun yiliga 535 dollar toʻlanishidan iborat.
Shuningdek, eng qimmat taklif ham – yiliga 3,6 million toʻlanishi lozim boʻlgan joylar ham bor.
“Narxlar dengiz faunasi, ekologiya va hovuzlarining miqdoriga bogʻliq”, deyiladi xabarda.