Xitoy AQSH kompaniyalariga cheklov joriy qildi
Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy ziddiyat yangi bosqichga chiqdi. Xitoy Savdo vazirligi Amerikaning 10 kompaniyasiga nisbatan eksport cheklovi joriy qildi. Bu haqda WSJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat Moliya vazirligi Qo‘shma Shtatlarning 46 kompaniyasi mahsuloti davlat xaridida qo‘llanishini taqiqladi.
Ma’lumotga ko‘ra, Xitoy Savdo vazirligi eksport nazorati ro‘yxatiga AQSHning bir qator sanoat va mudofaa sohasiga aloqador biznes tuzilmalarini kiritgan. Bu ro‘yxatda noyob metall ishlab chiqaruvchi “MP Materials” va “USA Rare Earth”, shuningdek muhandislik va dron texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ham bor.
Rasmiy Pekin mazkur qarorni milliy xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro majburiyatga rioya qilish hamda ommaviy qirg‘in qurolini tarqatmaslik bilan bog‘liq talab bilan izohladi.
D.Hakimov, O‘zA