Xalqaro standartlar sudyalar nigohida
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabi qator yangi g‘oyalar va loyihalar bilan o‘z faoliyatini takomillashtirib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabi qator yangi g‘oyalar va loyihalar bilan o‘z faoliyatini takomillashtirib bormoqda.
Xususan, bugun Sudyalar oliy maktabining tashabbusi bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Markaziy Osiyo uchun Mintaqaviy bo‘linmasi, Xalqaro yuristlar komissiyasi hamkorligida “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq sohasidagi xalqaro standartlar” mavzusida ikki kunlik xalqaro seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur treningni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sudyalar, advokatlar, prokurorlar, huquqshunos olimlar va boshqa fuqarolik jamiyati vakillarining sohadagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va xorijiy hamkasblar tajribalaridagi amaliy ko‘nikmalardan foydalanib, milliy amaliyotni yanada boyitishdir.
Xalqaro seminar-trening to‘rt moduldan iborat bo‘lib, belgilangan kun tartibiga binoan ikkita yangi zamonaviy interfaol modul asosida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajriba vaamaliyotlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish maqsad qilingan.
Seminar-treningda Yevropa ittifoqi va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda xalqaro ekspertlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan huquqiy tashkilotlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud vakillari, Sudyalar oliy maktabi va Yuridik universiteti professor o‘qituvchilari va amaliyotchi talabalari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Seminar-trening 4 oktabrda ham o‘z ishini davom ettiradi.