“Wildberries” sotuvchilarga kompensatsiya to‘lashda davom etmoqda
“Wildberries” kompaniyasi tovarlari Peterburgning Shushar qishlog‘idagi omborda yuz bergan yong‘indan zarar ko‘rgan savdogarlarga to‘rtinchi kompensatsiyani to‘lab berdi. Pullar allaqachon sotuvchilar hisobiga o‘tkazilgan, ularni 26 fevral kuni yechib olish mumkin bo‘ladi.
Mahsulotlariga zarar yetgan sotuvchilarga qisman to‘lanadigan tovon pullarining uchta dastlabki transhi 15, 29 yanvar va 6 fevral kunlari o‘tkazib berildi. To‘lov summasi oxirigacha to‘lanmadi, hali yana aniqlik kiritilmoqda. Hisob-kitoblar “Wildberries” elektron hisoblar tizimidagi ma’lumotlar asosida olib borilmoqda. Kompensatsiya ko‘lami har bir mahsulot uchun alohida hisoblanishi, bundan tashqari, hisoblash metodologiyasi shaffof va batafsil tekshirilgan bo‘lishi kerakligi sababli bu juda ko‘p vaqt talab qiladi.
“Wildberries” ning yirik omborlaridan birida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bir oydan so‘ng marketpleys yangi saralash markazini ochdi. Maydoni 27,9 ming kvadrat metrni tashkil etgan ushbu katta binoda taxminan 1600 xodim mehnat qiladi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA