Vyetnamga yangi prezident saylanadi
Vyetnam Milliy majlisi (bir palatali parlament) bugundan boshlanuvchi oltinchi sessiyada mamlakatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishini va bu yilgi taraqqiyot yoʻnalishlarini koʻrib chiqadi.
Vyetnam Milliy majlisi (bir palatali parlament) bugundan boshlanuvchi oltinchi sessiyada mamlakatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishini va bu yilgi taraqqiyot yoʻnalishlarini koʻrib chiqadi.
21 noyabrgacha davom etuvchi mazkur sessiyada parlament mamlakatning oʻtgan oyda vafot etgan prezidenti Chan Day Kuang oʻrniga yangi prezidentni saylashi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Vyetnam kompartiyasi tomonidan Nguyen Fu Chong nomzodi ilgari surilgan boʻlib, u deputatlarning yashirin ovoz berish yoʻli bilan prezidentlikka saylanishi lozim.