Voleybol: 28-chempionat yakunlandi
Poytaxtimizda voleybol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 4-tur o‘yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Yigirma sakkizinchi marta tashkillashtirilgan chempionatining so‘nggi tur bahslarida 6 ta o‘yinning 5 tasida ustunlikka ega bo‘lgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 66 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, ular faqat Nukus davlat pedagogika institutining voleybolchi qizlariga imkoniyatni boy berdi. Nukusliklarning mazkur yutug‘i ularning 54 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘lishini ta’minladi. Chempionatning bronza medaliga ega chiqqan “Andijon” jamoasi nukusliklardan bor-yo‘g‘i 2 ochko ortda qoldi.

Chempionat yakunida 43 ochko jamg‘argan “Namangan” jamoasi 4-o‘rin bilan kifoyalandi. Keyingi o‘rinlar “JDPI-Ziyokor” (Jizzax), “Xorazm” hamda Farg‘ona davlat universiteti jamoalariga nasib etdi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
O‘zA