Vinisius: biz har qanday holatga tayyor bo‘lishimiz shart edi
Madridning "Real" klubi hujumchisi va mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Vinisius Junior o‘yindan so‘ng jurnalistlarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda Braziliya milliy terma jamoasi Marokash termasi bilan durang o‘ynadi — 1:1.
Uchrashuvning 21-daqiqasida marokashliklar Ismael Saibarining goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishgandi. O‘yinning 32-daqiqasida esa "pentachampionlar" muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi — gol muallifi Vinisius Junior.
Madridning "Real" klubi hujumchisi va mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Vinisius Junior o‘yindan so‘ng jurnalistlarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Biz birinchi bo‘limni juda yomon boshladik va o‘z vazifamizni qiyinlashtirib yubordik, bu esa gol o‘tkazib yuborishimizga sabab bo‘ldi. Bunday startdan so‘ng turnirning dastlabki o‘yinidayoq kerakli ritmni topib ketish har doim qiyin kechadi, biroq biz har qanday holatga tayyor bo‘lishimiz shart edi. O‘yinimizni yanada kuchaytirishimiz lozim, chunki bu — jahon chempionati va bu yerda oson o‘yinlarning o‘zi bo‘lmaydi".
Braziliya terma jamoasi guruh bosqichining 2-turida 20-iyun kuni Gaiti terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 25-iyun kuni Shotlandiya termasiga qarshi guruhdagi yakuniy bahsni o‘tkazadi.