Viloyat hokimi talabalarga dars oʻtdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talabalarga ʼʼOila - muqaddas qadriyatlar mehrobiʼʼ mavzusida dars oʻtdi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talabalarga ʼʼOila - muqaddas qadriyatlar mehrobiʼʼ mavzusida dars oʻtdi.
Ushbu dars muhtaram Prezidentimizning joriy yil 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ilgari surgan tashabbusi doirasida oʻtkazildi.
Viloyat hokimi darsda xalqimiz uchun qadimdan oila qoʻrgʻoni muqaddas dargoh boʻlib kelgani, hatto bundan uch ming yil muqaddam bitilgan Avesto kitobida ham oila haqida alohida toʻxtalib oʻtilganini taʼkidladi. Ayniqsa, bugungi kunga kelib, mamlakatimizda oila, uning mustahkamligini taʼminlash, yoshlarni oilaga tayyorlash, nikohning muqaddasligi, ayrim holatlarda baʼzi oilalarning oddiy maishiy kelishmovchiliklar tufayli barbod boʻlayotgani afsus bilan qayd etdi.
Shuningdek, viloyat hokimi dars jarayonida talabalar bilan fikr almashdi, dildan suhbatlashdi. Ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, puxta bilim olishlari uchun zarur har qanday yordamni koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdi.
Talaba yoshlarni oʻzlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi boʻlib, turli illatlarga qarshi kurashda, yurt ravnaqi yoʻlida fidoyi va faol boʻlishga chaqirdi.