Viloyat hokimi talaba-yoshlar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov TATU Qarshi filialida bo‘lib, oliygoh talabalari bilan uchrashdi. Ularning istiqbolli loyihalari bilan tanishib, taklif va muammolarini tingladi.
bugungi kunda oliygohda 3 mingga yaqin yigit-qiz tahsil oladi. Ular orasida davlat mukofotlari va Prezident stipendiyasi sohiblari bor.
[gallery-11580]
Talaba-yoshlarning loyiha va takliflari bilan o‘rtoqlashgan viloyat rahbari joriy yil 11 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida ilgari surilgan vazifalardan kelib chiqib, hududda navqiron avlod vakillari bilan ishlash tizimida yangicha mexanizm ishlab chiqilayotganini ta’kidladi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA