VI Xalqaro "Pahlavon Mahmud - StrongmenGames" Bahodirlar o‘yinlari yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tashabbusi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan bahodirlar bellashuvi uch kun davom etdi.
Bahodirlar “Cho‘girma otish”, “Mo‘ynoq langari”, “Xiva tegirmoni”, “Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur qilichlari”,“Amudaryo qayig‘i”, “Shtangani yerdan ko‘tarish”( DEADLIFT) kabi sinovlarda bor kuch va mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Litvalik Jokuzus Vilius uchinchi, Yangi Zelandiyalik atlet ikkinchi va O‘zbekiston bahodiri Muhammadali To‘xtamatov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, xalqaro turnirda ishtirok etgan barcha bahodirlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Sovrinlarni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovlar tantanali ravishda topshirdi.

Qadimiy Xiva mezbonlik qilgan VI Pahlavon Mahmud Xalqaro Bahodirlar o‘yinlari kuch, iroda va xalqlar do‘stligining yorqin ifodasiga aylandi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(Surat),
O‘zA muxbirlari