Vatan mard o‘g‘lonlarini unutmaydi
Namangan viloyati Pop tumanida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilot viloyat kengashi tomonidan tuman hokimligi, mudofaa ishlari, ichki ishlar bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi va boshqa bir qator davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” shiori ostida tuman madaniyat saroyida o‘tkazilgan mazkur tadbirga shahar va tumanlardan vatanimiz mustaqilligini himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan harbiy xizmatchi va ichki ishlar xodimlarining oilasi, farzandlari taklif etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ona vatanimizga hurmat bajo keltirish va xizmat burchini o‘tayotgan chog‘da mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.
– Erk uchun kurash kurash, mustaqillikni yanada mustahkamlash muqaddas burch sanaladi, – deydi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi raisi A.Aloxo‘jaev. – Bugun ushbu marosimda nomi buyuk tarix sahifalariga abadiy muhrlangan o‘g‘lonlarning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari, farzandlari ishtirok etdi. Vatan tinchligi yo‘lida jon fido qilgan bu yurtdoshlarimizning hayoti va mardonavor jasorati oldida barchamiz qarzdormiz. Ushbu tadbir fidoyilik hech qachon unutilmasligini ta’kidlash barobarida, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Tadbirda qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar idoralari xodimlari farzandlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mehmonlar bayram dasturxoni atrofida san’atkorlar va yosh iste’dodlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturini tomosha qildi.