“Vaqf” fondi ko‘magida bemorlarga imtiyozli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida ayni paytda 700 nafardan ortiq bemor imtiyozli tibbiy xizmatlardan bosqichma-bosqich foydalanmoqda. Ushbu ishlar “Vaqf” xayriya jamoat fondi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
[gallery-28378]
Jumladan, Dang‘ara tumanida yashovchi Muhabbat To‘ychiyevaga Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali mutaxassislari tomonidan “asoratlangan katarakta” tashxisi bilan zamonaviy mikroxirurgik operatsiya o‘tkazildi.
Bemor “Ayollar daftari” asosida mahalla tavsiyasi bilan davolanishga yo‘naltirilgan. Ayni paytda uning bir ko‘zida operatsiya amalga oshirilgan bo‘lib, yaqin kunlarda ikkinchi ko‘ziga intraokulyar linza o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mutaxassislar ma’lum qilishicha, ayni muassasada yana 30 nafardan ortiq bemorni imtiyozli asosda davolash rejalashtirilgan.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA