“UzTest” 6 milliard soʻmlik chet el mahsulotlarini ushlab qoldi
2019-yilda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi (“UzTest”) tomonidan uch milliard soʻmlik uskunalar xarid qilingan edi.
2019-yilda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi (“UzTest”) tomonidan uch milliard soʻmlik uskunalar xarid qilingan edi. Bu mahsulotni sertifikatlash boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari va tartib-taomillarining sifatini yanada oshirish imkonini beradi.
“UzTest” bosh mutaxassisi Muzaffar Xayritdinovning soʻzlariga koʻra, tuzilma Oʻzbekiston hududida ishlab chiqariladigan va mamlakatimizga import qilinadigan deyarli barcha mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va sertifikatlash bilan shugʻullanadi. Masalan, faqat 2019-yilda korxona mutaxassislari tomonidan 6 milliard soʻmlik chet el mahsulotlari ushlab qolingan. Huquqbuzarliklar asosan import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarida aniqlangan. Misol uchun, yuqori transizomerlar koʻrsatgichiga ega boʻlgani uchun margarin, suv va yogʻ miqdori mos boʻlmagani bois konservalangan noʻxat va makkajoʻxori yaroqsiz mahsulot deb topilgan. Bu ishlab chiqarish texnologiyalarining buzilgani, notoʻgʻri saqlangani yoki tashilganidan dalolatdir.
Mahalliy mahsulotlar sifatini yanada oshirish korxona faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Bunga mahsulotni sertifikatlash bilan erishiladi. Korxona sifat sertifikatiga ega boʻlish uchun ishlab chiqarish tekshiruvi va ichki nazoratdan oʻtishi, zarur texnologik uskunalar va nazorat asboblarining mavjudligi, yuksak malakali xodimlarga egaligini koʻrsatishi kerak.
Shu bilan sifatni nazorat qilish ishi tugamaydi. Mamlakatimizdagi moslik sertifikatini olgan har bir ishlab chiqaruvchi “UzTest” bilan uch yillik shartnoma tuzadi. Bu vaqt davomida korxonada olti marotaba mahsulot tekshiruvi va inspeksiya nazorati hamda korxonaning meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mosligining tahlili oʻtkaziladi. Bunday tizim “UzTest”ga mahsulotni ishlab chiqarish paytidayoq uning sifatini kuzatish imkonini beradi. Faqat 2019-yilda “UzTest” davlat korxonasi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qariyb 1 milliard soʻmlik mahsulotni yaroqsiz deb topdi. Ushbu barcha kompaniyalarga tavsiyalar taqdim etildi. Unga koʻra, mazkur ishlab chiqaruvchilar oʻz ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirib, sifatsiz mahsulot tayyorlashning oldini oldi.
Shuningdek, bugungi kunda “UzTest” davlat korxonasiga 40 ta texnik reglament qabul qilindi. Ikki yil mobaynida Yevropa Ittifoqi Bojxona uyushmasi reglamentlari bazasida ishlab chiqilgan yana 30 ta yangi texnik reglament maʼqullandi.