“UzAuto Motors” ishlab chiqarish hajmini oshirdi
Bu haqda “UzAuto Motors" kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borildi. Shuningdek, yarim o‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilganligi ma’lum qilingan edi.
bugungi kunda “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.
“UzAuto Motors”ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800 tadan ortiq avtomobilga yetdi.
Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, Sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi.
M.Toshqorayeva,O‘zA