Urush faxriysi holidan xabar olindi
Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Tursinboy Davronov rahbarligida bir guruh shifokorlar tumanning Uchtepa mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdug‘ani G‘apporov xonadonida bo‘lib, nuroniy otaxonning salomatligini nazoratdan o‘tkazdi.
Tibbiy ko‘rik davomida shifokorlar Abdug‘ani otadan qon va boshqa tahlillar olishdi, UZI tekshiruvi amalga oshirildi, sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlari tingladi. Otaxonga zarur muolajalar belgilanib, dori-darmonlar berildi.
Abdug‘ani ota G‘apporov bu yil o‘zining 102 yoshini qarshiladi. U o‘n yetti yoshida urushga safarbar qilingan. Urush boshlangan 1941-yildan to G‘alabaga qadar turli frontlarda ayovsiz janglarda ishtirok etdi, qahramonlik namunalarini ko‘rsatdi, qator orden va medallar bilan taqdirlandi.

Urushdan qaytgach, Abdug‘ani ota xalq xo‘jaligining turli sohalarida sidqidildan mehnat qildi, qator farzandlarni tarbiyalab, el-yurt hurmatini topdi. Bugun o‘zining qutlug‘ 102 yoshini qarshi olgan otaxon farzandlari, nabira va chevaralari, hamqishloqlari ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Bugungi tinch, osoyishta va farovon hayotimizga shukrona keltirib, duolar qilmoqda.
Ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Abdug‘ani ota Prezidentimizga, viloyat, tuman rahbarlariga, shifokorlarga minnatdorlik bildirdi.
F.Ubaydullayev, O‘zA