Urganchda “Sportimiz – faxrimiz” fotoko‘rgazmasi ochildi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zAning hududlardagi faoliyatini yanada jonlantirish, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida “O‘zA kunlari” loyihasi o‘tkazilmoqda.
Loyiha doirasida taniqli fotomuxbir, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Alimurod Mamadaminovning “Sportimiz – faxrimiz” nomli beshinchi shaxsiy fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
[gallery-28401]
Ko‘rgazma Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi. Uning ochilish marosimi Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Ekspozitsiyada muallifning turli sport turlarini aks ettirgan 70 ga yaqin sara fotosuratlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmadan Xorazm vohasida yetishib chiqqan mashhur sportchilar faoliyatini yorituvchi fotolavhalar ham o‘rin olgan.
Maqsad HABIBULLAEV, Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA