Urgançda “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” taşkil etildi (+video)
Asrlar oşa ilmu maʼrifatga çorlab kelayotgan buyuk ajdodlarimiz - millatimiz faxri, maʼnaviyatimiz tayançi va jahon tamadduniga beqiyos hissa qöşgan allomalardir. Ularning xotirasini abadiylaştiriş hamda boy ilmiy-maʼnaviy merosini yoş avlodga yetkaziş maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti hududida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” taşkil etildi.
Xiyobonda jahon ilm-fani, adabiyoti va tamadduniga mislsiz hissa qöşgan 18 nafar buyuk siymoning haykallari qad rostlagan.
– Xiyobonga kiraverişda sizni jadid bobolarimiz Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Abdulhamid Çölpon va Abdulla Qodiriy kutib oladi, – deydi universitetning birinçi prorektori Şerali Allaberganov. – Xiyobonda Xorazm adabiy muhitining yirik vakillari, Muhammad Rahimxon II – Feruz, Muhammadrizo Ogahiy, Pahlavon Mahmud, tasavvuf taʼlimotining yirik namoyandasi, Kubroviy tariqatining asosçisi Najmiddin Kubro siymolari örin olgan. Şuningdek, ilm va adabiyot rivojiga munosib hissa qöşgan ayollar Maryam Sultonmurodova, Jahon otin Uvaysiy siymolariga ham joy ajratilgan. Bu buyuk siymolarning har biri öz davrining ovozi, millat tafakkurining yorqin ifodasi va bugungi avlod uçun ibrat maktabidir.
Xiyobonda turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi, mutafakkir, davlat arbobi va uluğ şoir Alişer Navoiy, buyuk astronom, matematik va davlat arbobi, osmon jismlarini örganiş böyiça jahon ilm-fanida muhim iz qoldirgan ajdodimiz Mirzo Uluğbek, Xorazm zaminidan yetişib çiqqan buyuk tilşunos alloma, arab tili grammatikasi asosçisi Mahmud Zamaxşariy, Xorazm ilmiy muhitining yetuk vakillaridan biri, matematik va astronom Abu Nasr Mansur ibn Iroq, Şarq falsafasining buyuk namoyandasi, qomusiy olim, Mantiq, falsafa haqidagi qaraşlari bilan jahon tafakkuri rivojiga katta hissa qöşgan Abu Nasr Forobiy hamda jahon tibbiyoti va falsafasi tarixidagi eng buyuk allomalardan biri, “Tib qonunlari” asari muallifi Abu Ali ibn Sino haykallari ham örnatilgan.
Xiyobonning markazida esa ikki buyuk siymo – algebra fanining şakllanişi va rivojiga ulkan hissa qöşgan matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy va astronomiya, matematika, geografiya, tarix va boşqa köplab fanlar rivojiga ulkan hissa qöşgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haykallari qad rostlagan.
– Uşbu ikki buyuk allomaning xiyobon markazida joylaşgani bejiz emas, – deydi universitetning birinçi prorektori Şerali Allaberganov. – Zero, ilmga ehtirom va ajdodlar merosiga sadoqat universitetning maʼnaviy qiyofasini belgilovçi muhim qadriyatlardandir. Xiyobonning yana bir muhim jihati, u nafaqat tarixiy siymolar bilan tanişiş, balki mazmunli hordiq çiqariş va mutolaa qiliş uçun ham qulay muhit yaratadi.
[gallery-32313]
Darhaqiqat, mazkur sölim maskanda talabalar uçun kitob mutolaa qiliş, özaro fikr almaşiş va madaniy hordiq çiqarişga möljallangan şinam ayvonçalar ham taşkil etilgan.
“Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” ötmiş bilan bugunni, ajdodlar tafakkuri bilan yoşlar orzu intilişlarini boğlovçi maʼnaviy köprik, desak mubolağa bölmaydi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat, video),
ÖzA muxbirlari