Urganch tumani hokimi o‘zgardi
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Frunze Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Urganch tumani hokimi lavozimiga Sultanov G‘ayratjon Po‘latovich tayinlandi.
Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Sultanov G‘ayratjon Po‘latovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha tuman faollari oldida turgan vazifalar xususida to‘xtaldi.
Axmadjon Shokirov, O‘zA