UNFPA mahalla instituti faoliyatini ma’qullaydi
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «Fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini sifatida mahalla institutining oilalarni mustahkamlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu. Yu ham ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi:
– O‘zbek xalqining boyligi bo‘lmish Mahalla instituti mamlakatning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida muhim rol o‘ynaydi.
Mahalla instituti aholining muammolarini hal qilish, odamlarni qo‘llab-quvvatlashga beqiyos hissa qo‘shadi.
Biz yangidan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga mahalla institutiga ko‘maklashish vositasi sifatida qaraymiz.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Mahallalarda «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
Bu loyihalar manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon yaratmoqda.
O‘zA