Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qishloq vrachlik punktlari va umumiy amaliyot shifokorlarining vazifa va funksiyalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

- Qaysi oilaviy poliklinika yoki qishloq vrachlik punkti rahbari o‘z hududiga chiqib odamlar bilan uchrashdi, ularning dardini eshitdi? Afsuski hech kim! Kasalliklarga qarshi kurashamiz deyayapmiz, birlamchi bo‘g‘inlar ishni avvalo shundan boshlashi kerak emasmi? – dedi davlat rahbari.

Qayd etilganidek, bundan keyin ilg‘or xorijiy tajriba asosida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish, oilaviy shifokorga yordam beradigan o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj bo‘yicha “tibbiyot brigadalari”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Ushbu brigadalar o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda oilalar kesimida “tibbiy xarita”ni shakllantiradi. “Tibbiy xarita”ga oila a’zolari, ularning salomatligi haqidagi barcha ma’lumotlar kiritilib, ular bilan manzilli ish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokorga aylantiriladi