Umidjon polvon Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi
Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, unda ilk bellashuvlar yakuniga ko‘ra, vazni 65 kilogramm bo‘lgan polvonlar orasida hamyurtimiz Umidjon Jalolov final bosqichiga yo‘l olib, oltin medal uchun hindistonlik Sujetga qarshi bellashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, bronza medal uchun 70 kilogrammgacha vaznda Shahzodbek Yarashev, vazni -79 kilogramm bo‘lgan Razambek Jamalov va 97 kilogrammgacha vaznga ega bo‘lgan Sherzod Poyonov kabi polvonlarimiz gilamga chiqadi.
Chempionatning saralash bahslarida 5 nafar erkin kurashchimiz quyidagi raqiblariga qarshi bahs olib boradi.
-61 kg: G‘ulomjon Abdullayev – Vanxao Jou (Xitoy);
-74 kg: Begijon Qo‘ldoshev – Batukinggele (Xitoy);
-86 kg: Bobur Islomov – Mukul Dahiya (Hindiston);
-92 kg: Sadriddin Daminjonov – Bat Yerdene (Mo‘g‘uliston);
-125 kg: Hasanboy Rahimov 1/4 finalga yo‘l olgani bois raqibi endi aniq bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA