Ulug‘bek Rashitov Olimpiya o‘yinlari finalida
“Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida yarim final bosqichidagi janglar boshlandi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Ulug‘bek Rashitov ispaniyalik Xaver Peres Polo bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda amaldagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, taekvondochimiz g‘alaba qozondi.
Endi U.Rashitov so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) va Zayid Karim (Iordaniya) o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi dayanga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA