Ukrainada “Neptun” raketasining yangi turi ishlab chiqariladi
Ukraina “Neptun” raketasining modernizatsiyalashtirilgan turini yaratish bo‘yicha ish boshladi, deya ma’lum qildi mamakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Ivan Gavrilyuk.
– Hozir uzun “Neptun” yaratish ustida ish olib borilmoqda, – degan u “Strana.ua” nashriga.
Gap bu yerda kemaga qarshi ishlatiladigan “R-360” raketasini quruqlikdagi nishonni ham yo‘q qilishga moslashtirish haqida bormoqda. Bunday raketaning parvoz masofasi 400 kilometrga yetishi mumkin.
“Neptun” turkumiga kiruvchi 870 kilogrammli mazkur qurilma og‘irligi 150 kilogramm bo‘lgan jangovar kallakni elta oladi. Parvoz masofasi 280, tezligi soatiga 900 kilometr. Dengiz to‘lqini yuzasidan 3-10 metr balandlikda harakatlanadigan majmua birdaniga 24 raketani tashiy oladi.